platina.uz
Jamiyat

Endi Toshkentdan Chorvoqqa avtobusda borish mumkin

Avtobuslar Mashinasozlar metrosidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da joʻnaydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.

Endi Toshkentdan Chorvoqqa avtobusda borish mumkin

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga ("Chorvoq" erkin turistik zonasiga) avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyilgan.

Avtobuslar "Mashinasozlar metro bekati – Chorvoq" yoʻnalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 km. boʻlgan yoʻnalishda yoʻlovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.

Avtobuslar Mashinasozlar metrosidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da joʻnaydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.

Yoʻl narxi 15 000 soʻm etib belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid