platina.uz
Jamiyat

Buxoroda 6 hokim qattiq ogohlantirildi

Ularning jazolanishiga Hisob palatasining 2023 yil 2 iyundagi xati asos boʻlgan.

Buxoroda 6 hokim qattiq ogohlantirildi

Buxoro viloyati hokimi imzolagan hujjat bilan 6 tuman/shahar hokimi qattiq ogohlantirilgan.

Hujjatga koʻra, Buxoro shahar hokimi J.Nosirov, Kogon shahar hokimi D.Davlatov, Olot tumani hokimi N.Nematova, Shofirkon tumani hokimi A.Fayzilloyev, Qorakoʻl tumani hokimi X.Toxirov, Peshku tumani hokimi V.Qaxxorov qattiq ogohlantirilgan.

Aytilishicha, ular tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obʼektlarda quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlashda oqsoqlikka yoʻl qoʻygan.

Ularning jazolanishiga Hisob palatasining 2023 yil 2 iyundagi xati asos boʻlgan.

Shuningdek, 2023 yil 1 iyulgacha shu hokimlar tomonidan belgilangan koʻrsatkichlar ijrosi taʼminlanmagan taqdirda ularga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid