platina.uz
Jamiyat

Qatar 12 mlrd dollar investitsiya kirityapti

Bu haqda Samarqand shahridagi Kongress markazida oʻtgan Shavkat Mirziyoyev va shayx Ol Soniy muzokarasida aytildi.

Qatar 12 mlrd dollar investitsiya kirityapti

Qatarning yetakchi kompaniyalari energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritadi.

Bu haqda Samarqand shahridagi Kongress markazida oʻtgan Shavkat Mirziyoyev va shayx Ol Soniy muzokarasida aytilgan.

Uchrashuvda siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

— Biz Qatarni nafaqat Yaqin Sharq mintaqasida, balki butun arab-musulmon olamida oʻzimizning istiqbolli hamkorimiz sifatida bilamiz. Siz bilan soʻnggi yillardagi muloqotlarimiz bois munosabatlarimizda katta siljish kuzatilmoqda, — degan Mirziyoyev.

Shuningdek, istiqbolli loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida shu yil sentabr oyida Oʻzbekiston-Qatar investitsiya forumi oʻtkaziladi.

Muzokaralarda:

  • Markaziy Osiyoni Koʻrfaz mamlakatlari bilan bogʻlaydigan eng qisqa, ishonchli va xavfsiz yoʻlaklarni shakllantirish;
  • madaniyat, taʼlim va turizm sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
  • poytaxtlar oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;
  • Afgʻonistonga nisbatan pragmatik siyosat yuritish, mamlakat iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash va afgʻon xalqiga insonparvarlik yordamini koʻrsatish;
  • Transafgʻon temir yoʻlini barpo etish boʻyicha strategik loyihani amalga oshirish ham koʻrib chiqilgan.

Uchrashuv soʻngida shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Oʻzbekiston rahbarini Qatarga taklif qilgan.

Maʼlmuot uchun, bu yil Toshkent shahrida Qatar elchixonasi ochilgan. Qatar poytaxti Dohada esa Oʻzbekiston elchixonasi ochilishi kutilyapti.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid