Prezident va amir daraxt ekishdi
Oʻzbekiston-Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston-Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bogʻida birgalikda daraxt ekdilar.
"Bu Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlangani va yetakchilarning xalqlarimiz doʻstligini mustahkamlash yoʻlidagi qatʼiy intilishi ramzidir", deyiladi xabarda.




