Afgʻoniston 2022 yilda elektr energiyasi uchun Oʻzbekistonga qancha toʻlagani maʼlum qilindi
Afgʻoniston milliy elektr kompaniyasi rasmiy maʼlumot berdi.

Afgʻoniston milliy elektr kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat – DABS) 2022 yili Tojikiston, Oʻzbekiston va Erondan 252 million dollarga elektr energiyasi import qilganini maʼlum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
“Breshna” rahbari Abdul Rahmon Rahmoniy yillik hisobotida kompaniya elektr energiyasini sotib olish uchun 2022 yilda Tojikistonga 96 mln dollar, Oʻzbekistonga 94 mln dollar, Eronga esa 62 mlnn dollar toʻlangan.
Afgʻoniston elektr kompaniyasi qoʻshni davlatlardan elektr energiyasini import qilishdan tashqari, 22,3 mln dollarlmk mahalliy elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga toʻlab bergan.




