Tojik prokurori zoʻravonliklar uchun Rossiyaga soʻrov yubordi
Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv boʻlganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Tojikiston Bosh prokurori, adliya general-polkovnigi Rahmon Yusuf Ahmadzoda ushbu holat yuzasidan Rossiya bosh prokuraturasiga murojaatnoma yoʻllagan.
Unda aytilishicha, Rossiyada hibsga olinayotgan tojikistonlik fuqarolar, ularga nisbatan boʻlayotgan shafqatsiz munosabatlar sabab ekanligi maʼlum qilingan.
Shuningdek, Rossiya huquqni muhofaza qilish organlarining alohida xodimlarining Tojikiston fuqarolariga nisbatan harakatlarini tekshirish va ularga nisbatan jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida soʻrov yuborgan. Tojikistonlik talabalarning huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlangani va ularning harakatlariga huquqiy baho berish soʻralgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tashqi ishlar migratsiyasi ushbu ommaviy tartibsizlikda oʻzbek fuqarolari yoʻqligini maʼlum qilgan.