Saylovoldi tashviqotlar boshlanadigan sana maʼlum boʻldi
Markaziy saylov komissiyasida prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotini oʻtkazish masalasi muhokama etildi.

Bugun Markaziy saylov komissiyasining majlisida saylovoldi tashviqotlar 7 iyundan boshlanishi maʼlum qilindi.
Shuningdek, prezidentlikka nomzodlarning barchasi roʻyxatga olindi.
Majlisda:
- Xalq demokratik partiyasidan Ulugʻbek Inoyatov;
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev;
- “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Maxmudova;
- Ekologik partiyadan Abdushukur Xamzayevni prezidentlikka nomzod etib roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, prezident saylovi 9 iyul kuni boʻlib oʻtadi.