platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistondagi namoyishchilar ishi boʻyicha qayta sud yakunlandi

Jinoyat ishi doirasida 8 kishiga qoʻllangan jazo oʻzgartirildi.

Qoraqalpogʻistondagi namoyishchilar ishi boʻyicha qayta sud yakunlandi

Bugun Oliy sudda Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga oid sud hukmi oʻqib eshittirildi.

Oliy sudning 2023 yil 5 iyundagi ajrimiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining hukmi quyidagicha oʻzgartirildi:

B. Kadirbergenov, S. Medetov, B. Seytniyazov, Q. Seytimov, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlar qanoatlantirildi.

Birinchi instansiya sudi hukmining L. Kallыxanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan keltirilgan prokuror protesti rad qilinib, ularga tayinlangan jazolar oʻzgarishsiz qoldirildi.

D. Tajimuratov va uning himoyachilarining shikoyatlari qanoatlantirilmasdan, sud hukmining unga oid qismi esa oʻzgarishsiz qoldirildi.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus voqealari boʻyicha shahridagi ommaviy tartibsizliklar sodir etilgan. Tartibsizliklarni keltirib chiqarishda gumonlanuvchi sifatida 39 nafar shaxs qoʻlga olinib, sud qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid