Qirgʻizistonda ehtimoliy davlat toʻntarishi kuzatilyapti
Hozircha kamida 10 kishi hibsga olingan.

Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari ehtimoliy davlat toʻntarishi uyushtirmoqchi boʻlganlarni qoʻlga olgan.
Qirgʻiz matbuotining qoʻmitaga asoslanib xabar berishlaricha, bir guruh shaxslar zoʻrlik bilan hokimiyatni egallashga tayyorgarlik koʻrgan.
Hozircha kamida 10 kishi hibsga olingan. Rasmiylar bu boʻyicha biror izoh berganicha yoʻq.