DXX hajga yubormoqchi boʻlgan yana ikkita firibgarni ushladi

Bu holatlar boʻyicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jamiyat
4-iyun 2023 yil
DXX hajga yubormoqchi boʻlgan yana ikkita firibgarni ushladi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tezkor tadbir oʻtkazib, haj safariga yuborishni vaʼda qilib, odamlarni aldagan yana 2 kishini qoʻlga olgan.

Aytilishicha, Toshkent shahar Yunusobod tumanida 31 may kuni «Z.T.» MChJ ofisida oʻtkazilgan MChJ rahbari bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldagan. U oʻzining Din ishlari qoʻmitasida ishlovchi tanishlari orqali 12 500 dollar evaziga haj ziyoratini amalga oshirish uchun “kvota” olib berishni vaʼda qilib, shundan 1000 dollarni olgan vaqtda ushlangan.

Yana bir holatda Uchtepa tumanida 2 iyun kuni «A.K.» MChJ ofisida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, MChJ rahbari va 2 xodimi bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular fuqaro ishonchiga kirib, uni aldab, unga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 10 000 dollar evaziga haj ziyoratini amalga oshirish uchun haj vizasi qilib berishni vaʼda qilgan. Shundan 3 000 dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shayxontohur tumanida ham haj vizasini olib berish uchun 20 ming dollar soʻragan firibgar qoʻlga tushgandi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+