Yangiyoʻlda ham 16 yoshli bola choʻkib ketdi
Oldinroq ham uchta bola choʻkib ketib, halok boʻlgandi.

Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahridan oqib oʻtuvchi Joʻnariq kanalida choʻmilmoqchi boʻlgan 16 yoshli M.I. choʻkib ketgan.
Ayni vaqtda bolani qidirish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 26 may kuni 3 nafar bola "Zarafshon" daryosiga choʻkib ketgan edi. Keyinroq ulardan 2 nafari topilgandi.