platina.uz
Jamiyat

Tergovda oʻlgan yigit boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlandi

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tergovda oʻlgan yigit boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlandi

Oʻzini IIB binosi 4-qavatidan tashlagan shaxs ishi boʻyicha ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, fuqaro X.T.ning vafot yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshirish oʻtkazyapti. Avval xabar berilganidek, X.T. choʻntagida “gashish” moddasini saqlab kelgani uchun 22 may kuni Chilonzor tumani IIB boʻlimiga olib kelingan.

Binoning 4-qavatiga surishtiruv harakatlarini oʻtkazish uchun olib chiqilgan X.T. javobgarlikdan qochish maqsadida shu qavatda joylashgan hojatxonaga kirib, tezkor xodimni chalgʻishi natijasida hojatxona derazasidan sakragan. U avval pastda joylashgan oshxona tomiga tushgan. Keyin shiferning chetki qismi sinishi oqibatida boshi bilan beton yerga qulagan.

Jarohatlangan fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Ammo koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida 29 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Chilonzor tumani prokurori boshchiligidagi guruh shu kunning oʻzida hodisa sodir boʻlgan bino va atrof-muhit joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirgan, tegishli guvohlar va ishga aloqador barcha xodimlarning koʻrsatmalarini olgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid