Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyatiga taʼziya yoʻlladi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yoʻlladi.

Avvalroq Hindistonning Odisha shtatida roʻy bergan temir yoʻl halokati oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohatlangani haqida xabar bergandik.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.




