Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiyaga boradi
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ushbu marosimga taklif qilgan.

Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 iyun kuni Anqara shahrida Turkiya prezidentining lavozimga kirishishi munosabati bilan tantanali tadbirlarda qatnashadi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ushbu marosimga taklif qilgan.
Qayd etilishicha, inauguratsiya marosimida dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari, rasmiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.