platina.uz
Sport

Messi PSJni rasman tark etyapti

Klub unga jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Messi PSJni rasman tark etyapti

PSJ hujumchi Lionel Messi klubni tark etayotganini rasman maʼlum qildi.

"Fransiya poytaxtidagi ikki mavsumdan soʻng Lionel Messining PSJdagi sarguzashtlari nihoyasiga yetdi. Klub uning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

Biz 7 karra "Oltin toʻp sohibi bilan birgalikda ikki marta Fransiya chempionatida va bir marotaba Fransiya Superkubogida gʻalaba qozondik", deyiladi klub bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, Messi 2021 yilda PSJ safiga erkin agent sifatida kelib qoʻshilgan. Futbolchi kelgusi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga "Al-Hilol" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "Barselona" ham sobiq futbolchisini ortga qaytarishni rejalashtirgan.

35 yoshli futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid