Toshkentdagi firma hajga yuborish uchun $20 ming talab qildi
Xuquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Toshkentda Haj vizasini 20 ming AQSh dollari evaziga olib berishni vaʼda qilgan guruh ushlandi.
Maʼlum qilinishicha, 2023 yilning 31 may kuni fuqaro Yu.A. ning arizasiga koʻra, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan "E.R" MChJ ofisida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda "E.R" MChJ rahbari X.M. va jamiyat menedjeri B.Ch. bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro A.M.ning ishonchiga kirib, uni aldab, unga va onasiga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 20.000 AQSh dollari evaziga Haj ziyoratini amalga oshirish uchun "Haj vizasi" qilib berishni vaʼda qilib, shundan 4.000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan fuqarolar Ya.X., M.B. va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi "b" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.