platina.uz
Jamiyat

Tashkil etilganiga bir yil boʻlmagan vazirlik yana qayta tashkil qilinyapti

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident farmoni imzolandi.

Tashkil etilganiga bir yil boʻlmagan vazirlik yana qayta tashkil qilinyapti

2022 yil oxirida tuzilgan Tabiat resurslari vazirligi endi yana qaytadan takshil etilib, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi deb qayta nomlanadi.

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident farmoni imzolangan.

Shuningdek, bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi ham kiritilgan. U ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga masʼul boʻladi.

2024 yildan, jumladan, quyidagilar uchun har yili 500 milliard soʻm ajratiladi:

  • “yashil belbogʻ”, “yashil bogʻ” va “yashil jamoat park”lar hamda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish;
  • asosiy temir yoʻl va magistral avtoyoʻllar boʻyida daraxt koʻchatlarini ekish;
  • har bir tuman va shaharda 5 gektardan kam boʻlmagan maydonlarda bogʻlar barpo etish.

Farmonga koʻra:

  • 2023 yil 1 iyuldan “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi.
  • Vazirlikda alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tashkil etiladi.
  • 2023 yil 1 dekabrgacha tumanlarda (shaharlarda) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar oʻrnatiladi.
  • 2025 yil yakunigacha respublika hududi boʻyicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi.
  • 2024 yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash boʻyicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti eʼlon qilinadi.
  • Milliy tabiiy meros obʼektlari roʻyxati joriy etiladi.
  • 2023 yil yakunigacha har bir davlat tashkiloti va hokimlikning oʻz bogʻlari tashkil etiladi hamda 3 yil davomida parvarishlanadi.
  • 2024 yil 1 yanvardan uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta koʻchatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid