platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev va Sharl Mishel uchrashdi

Ular Afgʻoniston boʻyicha maslahatlashuvlarni va ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamini davom ettirishga kelishib olishdi.

Shavkat Mirziyoyev va Sharl Mishel uchrashdi

2 iyun kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar koʻrib chiqildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning YeI davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan buyon 70 foizga oshdi. Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari portfeli 20 milliard yevrodan ortdi.

Oʻzbekiston va YeI yetakchilari:

  • ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilish va hajmini oshirish;
  • GSP+ imtiyozli savdo tizimining amal qilish muddatini uzaytirish;
  • samarali transport yoʻnalishlari, Transkaspiy tranzit yoʻlagini rivojlantirish;
  • “yashil” energetika, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, ekologiya, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda qoʻshma dasturlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, Afgʻoniston boʻyicha maslahatlashuvlarni va ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamini davom ettirishga kelishib olishdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid