Shavkat Mirziyoyev Choʻlponotaga bordi
Bugun Choʻlponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Choʻlponota shahriga bordi.
Aeroportda davlat rahbarini Qirgʻiziston Vazirlar mahkamasi raisi — Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Choʻlponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti boʻlib oʻtadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari oʻrin olgan.




