platina.uz
Jamiyat

Rus-ukrain urushidan keyin oʻzbek banklarida hisobraqam ochish keskin koʻpaydi

Oliy Majlis 41-yalpi majlisida Markaziy bank raisi 2022 yil boʻyicha hisobot berdi.

Rus-ukrain urushidan keyin oʻzbek banklarida hisobraqam ochish keskin koʻpaydi

Rossiya - Ukraina urushi boshlangandan buyon 60 mingdan ortiq norezidentlar oʻzbek banklarida hisobvaraqlar ochgan. Ularning mablagʻlari 892 mln.dollarni tashkil etmoqda.

Oliy Majlisning 41-yalpi majlisida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ham oʻz hisoboti bilan chiqish qildi.

MB raisining taʼkidlashicha, hisobot davrida Oʻzbekiston banklaridagi depozitlar tizimida oʻzgarishlar kuzatilgan. Aholining umumiy omonatlari 1,7 barobarga oshgan. Bu esa valyutadagi muddatli omonatlarda kamayishiga sabab boʻlgan.

Shuningdek, Nurmuratovning aytishicha, hozirda aholining qoʻlida qariyb 12 mlrd AQSh dollari bor.

"Biz hozir bularning hammasini jalb qila olmaymiz. Lekin yuqorida aytilganidek, odamlar dollarlarini soʻmga almashtirib muddatli depozitlarga qoʻyishni boshlagan va bu biz uchun quvonchli hol" – dey Markaziy bank raisi.

Bu jami chakana depozitlarning (6 mlrd.dollar) qariyb 15 foizi degani maʼlum qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid