Jizzaxda 18 yoshli qiz oʻz joniga qasd qildi
Voqea 1 iyun kuni soat 13:03 larda sodir boʻlgan.

Jizzax viloyatida 2005 yilda tugʻilgan qiz oʻzini yuqori qavatli uyning tomidan tashlab yuborgan.
Viloyat IIB maʼlum qilishicha, Jizzax shahrining "Ittifoq" mahallasida roʻyxatda turib, Sharof Rashidov tumani "Nurafshon" MFYda yashagan M.B "Zargarlik" MFY hududidagi koʻp qavatli uyning tomiga chiqib, oʻsha yerdan oʻzini pastga tashlab, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni shahar prokuraturasi olib bormoqda.