Haj ziyorati narxlari maʼlum boʻldi
Joriy yilda 15 ming Oʻzbekiston fuqarolari Haj ziyoratini ado etishlari mumkin.

"Haj–2023" mavsumi uchun bir ziyoratchiga toʻlov miqdori – 68 mln 760 ming soʻm etib belgilandi.
Maʼlum qilinishicha, 2023 yilning boshida, yaʼni 15 mayga qadar 36 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari Umra amallarini bajardi.
2022 yilda Haj ziyorati uchun 12 ming kvota ajratilgan boʻlsa, joriy yilda 15 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari Haj ziyoratini ado etishlari belgilandi.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni talabiga koʻra, Haj ziyoratiga boruvchilar tegishli vaksinalarning toʻliq dozasi bilan emlangan boʻlishlari kerak.
Eslatib oʻtamiz, ziyoratchilar 4 iyun kunidan 19 iyun kuniga qadar Madinaga shahriga borishadi va 4 iyul kunidan 19 iyul kuniga qadar Oʻzbekistonga qaytib kelishadi.