platina.uz
Jahon

Gambiya yoʻtalga qarshi siroplar ishi boʻyicha AQShdan advokat yolladi

Oʻzbekiston va boshqa dalatlarda bolalar oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻtalga qarshi Hindiston siroplari yuzasidan Gambiya hukumati tekshiruvlar oʻtkazdi.

Gambiya yoʻtalga qarshi siroplar ishi boʻyicha AQShdan advokat yolladi

Gambiya hukumati bolalar oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻtalga qarshi siroplarning zaharli ekanini aniqlagach, teshiruv oʻtkazish uchun AQSh yuridik firmasini yolladi, dedi Gambiya adliya vaziri.

Gambiyada kamida 70 bola iyun-oktabr oylari orasida oʻtkir buyrak yetishmovchiligi bois vafot etgan boʻlib, ularning aksariyati 5 yoshdan kichik edi. Oʻzbekistonda ham aynan shu sirorlardan kamida 20 ta bola halok boʻlgandi.

Mahalliy shifokorlar bu oʻlimlarga Hindistondan import qilingan yoʻtalga qarshi siroplar sababchi, deya taxmin qilishdi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan oʻtkazilgan testlar bu siroplarda oʻlimga olib keladigan toksinlar mavjudligini tasdiqladi, bu esa global miqyosda zararli dori-darmonlar ortidan “ov”ni boshlab berdi.

Gambiya adliya vaziri Dauda Jallouning Reuters agentligiga aytishicha, mazkur huquqiy harakatlar hukumat tomonidan koʻrib chiqilayotgan variantlardan biri boʻlib, bolalar oʻlimi boʻyicha potensial xalqaro sud jarayoniga tayyorlashdagi ilk qadam hisoblanadi. Jallou potensial sud jarayonining obʼekti kim boʻlishi yoki yordam berish uchun yollangan advokatlik firmasini oshkor qilmadi.

Bolalar oʻlimiga aloqador dori-darmonlar Hindistondagi Maiden Pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, u hozirgacha oʻz aybini tan olmagan. JSST sinovlari shuni koʻrsatdiki, Maiden Pharmaceuticals yoʻtal siroplarida avtomobil tormoz suyuqligida ishlatiladigan dietilen glikol (DEG) va etilen glikol (EG) oʻldiradigan toksinlari mavjud. Hindiston hukumati esa dorilarni oʻzi tekshirib koʻrganida bu toksinlar topilmaganini aytmoqda.

Hindiston sogʻliqni saqlash vazirligi va Maiden Pharmaceuticals Gambiyaning bu holat yuzasidan yuborgan soʻrovlariga javob bermadi. JSST ham izoh berishdan bosh tortdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Gambiya, Oʻzbekiston va boshqa bir qator mamlakatlarda zaharli yoʻtal siroplari manbasini tekshirishni davom ettirayotganini aytdi. Unga koʻra, ushbu dori-darmonlarni yetkazib berish zanjiridagi asosiy vositachi hamon nomaʼlum qolmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid