platina.uz
Sport

Forbes dunyoning eng qimmat jamoalari reytingini eʼlon qildi

Dastlabki oʻrinlardan Ispaniya va Angliya jamoalari oʻrin egalladi.

Forbes dunyoning eng qimmat jamoalari reytingini eʼlon qildi

Forbes nashri jahonning eng qimmat klublari roʻyxatini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Madridning "Real" klubi 6,07 milliard AQSh dollari narx bilan roʻyxatda yetakchilik qilmoqda. "Manchester Yunayted" klubi esa 6 milliard narx bilan 2-oʻringa loyiq koʻrildi. Uchlikni esa "Barselona" yopib bergan – 5,51 milliard dollar.

Toʻrtinchi oʻrinda "Liverpul" (5,29 mlrd), beshlikdan esa "Manchester Siti" (4,99 mlrd) joy olgan.

Shuningdek, top-10likdan "Bavariya" (4,86 mlrd), "PSJ" (4,21 mlrd), "Chelsi" (3,1 mlrd), "Tottenhem" (2,8 mlrd) va "Arsenal" (2,26 mlrd) ham joy oldi.

Top-20likka esa "Yuventus" (2,16 mlrd), "Borussiya D" (1,93 mlrd), "Atletiko" (1,54 mlrd), "Milan" (1,4 mlrd), "Vest Hem" (1,08 mlrd), "Inter" (1,03 mlrd), "Los-Anjeles" (1 mlrd), "Los-Anjeles Gelaksi" (925 mln), "Atlanta Yu" (850 mln) va "Kristal Pelas" (806 mln) klublari kiritilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid