platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada yer sotgan Rossiya fuqarosi ushlandi

U 14 gektar yer maydonini sotishga uringan. 

Fargʻonada yer sotgan Rossiya fuqarosi ushlandi

Rossiya fuqarosi Fargʻonada bogʻdorchilikka ajratilgan yerni noqonuniy sotayotgan paytda qoʻlga olingan.

Maʼlum qilinishicha, 1997 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan fuqaro viloyat IIB boshligʻi nomiga yozgan arizasiga koʻra, tezkor tadbir oʻtkazildi.

1985 yilda Qirgʻizistonda tugʻilgan Rossiya fuqarosi Quvasoy shahar Qoʻchqorcha qishlogʻi hududida joylashgan bogʻdorchilik fermer xoʻjaligiga uzoq yilga ijaraga berilgan 14 gektar yer maydonini hech qanday hujjatlarsiz 14 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Gumonlanuvchi oldindan kelishilgan pulning 15 ming AQSh dollarini Fargʻona shahar Margʻiloniy koʻchasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv holatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid