platina.uz
Jamiyat

Adliya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

Adliya vazirining ikki oʻrinbosari boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

Adliya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

Sherzod Rabiyev adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori edi.

Adliya vaziri oʻrinbosarlari Aktam Muxammadiyev va Toʻlqin Abdusattorov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

Sh.Rabiyev 1984 yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid