platina.uz
Jamiyat

Sirdaryo hokimi markaz qurilishiga 1,2 mlrd ajratdi

Mablagʻlar "Yagona buyurtmachi xizmati" davlat unitar korxonasi hisobiga oʻtkazib berilishi belgilangan.

Sirdaryo hokimi markaz qurilishiga 1,2 mlrd ajratdi

Sirdaryo viloyati hokimi "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi" qurish uchun davlat byudjetidan 1,2 mlrd soʻm ajratish haqida farmoyish imzolagan.

Ushbu mablagʻlar "Yagona buyurtmachi xizmati" davlat unitar korxonasi hisobiga oʻtkazib berilishi belgilangan.

Sirdaryo hokimi may oyida byudjetdan ancha pul ajratib qoʻygan. Masalan, viloyatda foto va video radarlar sotib olish uchun byudjetdan 3 mlrd. soʻm ajratilgan.

Shuningdek, viloyatda tashkil qilingan “Chavandozlar maktabi”ga “Sirdaryo universal qurulish loyiha” MChJga qarashli bino inshootini xarid qilish uchun yana byudjetdan 1 mlrd. soʻm mablagʻ Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati chavandozlar maktabiga ajratilgan.

6-8 may kunlari Guliston shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro baxshichilik festivaliga Sirdaryo viloyati hokimi 716 mln. soʻmdan ortiq pul oʻtkazilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid