platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Shimoliy Koreya raketalaridan xavotir olyapti

Bu Shimoliy Koreyaning birinchi harbiy razvedka sunʼiy yoʻldoshini uchirishga urinishidir.

Oʻzbekiston Shimoliy Koreya raketalaridan xavotir olyapti

Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan 31 may kuni tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildirgan. TIV matbuot xizmati ushbu holat «Koreya yarimorolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi», deb aytgan.

«BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirgʻin qurollarining barcha turlarini sinovdan oʻtkazishdan bosh tortish tarafdorimiz», — deyilgan xabarda.

Bu Shimoliy Koreyaning birinchi harbiy razvedka sunʼiy yoʻldoshini uchirishga urinishidir. Voqeadan koʻp oʻtmay, raketa dengizga qulab tushgan. Janubiy Koreya armiyasi esa raketa qoldiqlarini topgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid