Dunyo boylari roʻyxatida yetakchi oʻzgardi
Bloomberg nashri xabariga koʻra, Bernard Arno boylar roʻyxatida yetakchi oʻrinni egallab turgandi.

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Bloomberg talqini boʻyicha dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida yana birinchi oʻrinni egalladi.
Bloomberg Billionaires Index maʼlumotlariga koʻra, tadbirkorning boyligi 192 milliard dollarni tashkil etadi.
Moda va kosmetika sohasidagi fransuz tadbirkori Bernar Arno esa 187 milliard dollar boyligi bilan ikkinchi oʻringa tushib qoldi.
Forbes talqini boʻyicha Arno 215 milliard dollar boyligi bilan hamon sayyoradagi eng boy odam boʻlib qolmoqda. Mask 200 milliard dollar bilan ikkinchi oʻrinda.
Maʼlum boʻlishicha, Mask bu yil 55,3 milliard dollardan ortiq ishlab topdi. Boyligining yuqorilishiga asosiy saba Tesla aksiyalari yil boshidan 66 foizga oshgan.