platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev iyulda ShHT sammitida qatnashadi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 4 iyul kuni Hindistonda boʻlib oʻtadigan ShHT 22-sammitida ishtirok etadi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida shu haqda xabar berilgan.

Shavkat Mirziyoyev iyulda ShHT sammitida qatnashadi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining virtual formatdagi 22-sammitiga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi raislik qiladi, deb xabar berdi seshanba kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning sentabr oyida Samarqandda Oʻzbekiston sakkiz aʼzolik Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raislik vazifasini Hindistonga topshirgan edi.

"Sammit mavzusi - " SECURE ShHT sari". SECURE qisqartmasi ShHTning 2018 yilgi sammitida Bosh vazir tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, Security; Economy and Trade; Connectivity; Unity; Respect for Sovereignty and Territorial Integrity; and Environment (xavfsizlik, iqtisodiyot va savdo; oʻzaro aloqalar, birdamlik; suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish hamda atrof-muhitni) anglatadi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligimiz davomida bu mavzularga alohida eʼtibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.

Hindiston shu oy boshida Goada ShHT tashqi ishlar vazirlarini ikki kunlik majlisda qabul qildi.

Hindiston TIV ShHTga aʼzo barcha davlatlar – Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekiston sammitga taklif etilganini maʼlum qildi.

Aʼzo davlatlardan tashqari Eron, Belarus va Moʻgʻuliston ham kuzatuvchi davlatlar sifatida taklif qilingan.

Bayonotda, "ShHT anʼanalariga koʻra, Turkmaniston ham rais mehmoni sifatida taklif etilgan. Sammitda ShHTning ikki organi – Kotibiyat va ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) rahbarlari ham qatnashadi. Shuningdek, oltita xalqaro va mintaqaviy tashkilot - BMT, ASEAN, MDH, KXShT, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha Kengash rahbarlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Hindiston 2022-23 yillarga moʻljallangan ShHTning birinchi madaniy va sayyohlik poytaxti doirasida Varanasi shahrida turli ijtimoiy-madaniy tadbirlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda”, - deyiladi TIV xabarida.

Hindiston jami 134 ta uchrashuv va tadbirlar, jumladan, 14 tasi vazirlar darajasidagi uchrashuvlarga mezbonlik qilgan.
"Hindistonning ShHTga raisligi qizgʻin faollik va aʼzo davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik davri boʻldi.

Hindiston tashkilotda ijobiy va konstruktiv rol oʻynashga sodiq qoladi va rais sifatida ShHT sammitining muvaffaqiyatli oʻtkazilishini intiqlik bilan kutadi", deya qoʻshimcha qilingan bayonotda.

Taʼkidlash kerak, Hindiston 2005 yilda ShHTda kuzatuvchi maqomini olgan va asosan Yevroosiyo mintaqasida xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalariga bagʻishlangan guruhning vazirlar darajasidagi yigʻilishlarida qatnashib kelgan. 2017 yilda esa tashkilotga aʼzo etib qabul qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid