platina.uz
Jamiyat

Navoiylik Ortiqxoʻjayev: tadbirkorlikdan hokimligu senatorlikkacha

U yaxshigina biznesmen, avval ham firmalari boʻlgan, hozir ham bor. Shuning uchun uni Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga oʻxshatish mumkin.

Navoiylik Ortiqxoʻjayev: tadbirkorlikdan hokimligu senatorlikkacha

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi Ulugʻbek Fayziyev yaxshigina biznesmen, avval ham firmalari boʻlgan, hozir ham bor. Shuning uchun uni Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga oʻxshatish mumkin.

Faqat bitta farqi bor: Ortiqxoʻjayev hokimligi paytida amaldorlarning biznesiga oid qonuniy taqiqlar yoʻq edi. Shuning uchun bemalol tadbirkorligini qilavergandir.

Ammo Qiziltepa hokimi va ayni paytda senator ham boʻlgan Ulugʻbek Fayziyevga tadbirkorlik bilan shugʻullanish mumkin emas. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovga taqdimnoma kiritgan Antikorrupsiya agentligiga ushbu holat qonuniyligi boʻyicha soʻrov yubordik.

Demak, Ulugʻbek Fayziyev nomida shu paytgacha 11 ta MChJ boʻlgan, ularning 7 tasi yopilib ketgan, 6 tasi ishlab turibdi. Baʼzilarida Fayziyevning oʻzi 100 foiz ulushdor, ayrimlarida katta foizli hissador.

Ularning orasida Zarafshan Golden Group eng mashhuri boʻlib, hokim 91,50 foiz qismiga taʼsischilik qiladi. Qolgan 8,50 foiziga esa uning akasi (yo ukasi) Oybek Fayziyev egalik qiladi. Shu tariqa Oybekning nomida ham 5 ta MChJ bor.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu holatga eʼtibor qaratib, qonuniylikni taʼminlaydi, degan umiddamiz.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid