Metrodagi shilqim blogerlar ishi sudga oshirildi
Ular shilqimlik qilgan holda metroda video olgandi.

Toshkentda metroda notanish qizga shilqimlik qilgan yigitlarning shaxsi aniqlandi.
"Aybdorman, biz bu videoni chiqarganimizdan afsusdammz. Bir kunda xato ish qilganimizni tushunib yetdik, bu uchun uzr soʻraymiz", dedi yigitlardan biri.
Bu yigitlarga nisbatan MJTKning 41 prim 1-moddasi va 46 prim 1-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda chora koʻrish uchun sud organlariga yuborildi.




