Fermer va MChJ rahbarlari katta miqdorda imtiyozli kreditni talon-toroj qildi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Surxondaryoning Denov va Sherobod tumanlarida qariyb 1,3 mlrd soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan fermer va MChJ rahbari aniqlandi.
Tezkor tadbirda Denov tumanida “F.N.” fermer xoʻjaligi rahbari N.T. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 89,8 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari evaziga shartnomada belgilangan 250 tonnalik muzlatkich uskunalarini xarid qilmasdan kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan.
Shuningdek, Sherobod tumanida “SH.G.” MChJ rahbari O.T. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 12 nafar fuqaroga limonchilikni tashkil etish uchun ajratilgan 354 mln soʻm imtiyozli kredit evaziga issiqxona qurib bermasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.