platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev yana Qirgʻizistonga boradi

Sammitda ikki mintaqa oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik rejalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev yana Qirgʻizistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev bu yil hisobidan ikkinchi marta Qirgʻizistonga boradi va Choʻlpon-Ota shahrida oʻtadigan «Markaziy Osiyo - Yevropa ittifoqi» sammitida qatnashadi.

2-3 iyun kunlari boʻladigan sammitda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston davlatlari rahbarlari, Turkmaniston bosh vaziri oʻrinbosari va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel qatnashadi.

Sammitda ikki mintaqa oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik rejalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bu Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Sharl Mishel bilan ikkinchi uchrashuvidir. Birinchisi oʻtgan yilning kuzida Ostona shahrida boʻlgan edi.

Mirziyoyev Qirgʻizistonga soʻnggi marta shu yil boshida borgandi. Oʻshanda bir qator kelishuvlar, jumladan, chegaradan pasportsiz oʻtish haqida shartnomalar imzolangan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid