Juma tabriklarini tarqatish taqiqlanmagan — Musulmonlar idorasi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi “juma tabrigi”, “Qurʼoni karim oyatlari”, “Paygʻambar alayhissalom hadislari”, yurtimiz ulamolari va imom-domlalarining mavʼizalarini tarqatish mumkin emasligi haqidagi xabarlarga munosabat berdi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi “juma tabrigi”, “Qurʼoni karim oyatlari”, “Paygʻambar alayhissalom hadislari”, yurtimiz ulamolari va imom-domlalarining mavʼizalarini tarqatish mumkin emas, degan mazmundagi xabarlarni asossiz deb atadi.
Shuningdek, rasmiy diniy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ham vahima uygʻotuvchi yolgʻon xabarlar keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Aytilishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi maʼlumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan, bularga hech qanday taʼqib yoʻq.
Idoraning aytishicha, rasmiy va yetakchi elektron manbalar roʻyxati ushbu havola orqali taqdim etiladi: https://taplink.cc/kanallar.