platina.uz
Jahon

Xitoy Oyga qoʻnsa, uni egallab olishi mumkin - NASA rahbari

NASA rahbari Bill Nelsonning qayd etishicha, Vashington va Pekin oʻrtasidagi “kosmik poyga” tobora keskinlashib bormoqda. Nelson, agar xitoylik taykonavtlar Oyga qoʻnsa, ular boshqa davlat fazogirlarining Oydagi resurslarga boy hududlarga kirishiga toʻsqinlik qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Xitoy Oyga qoʻnsa, uni egallab olishi mumkin - NASA rahbari

Agar astronavtlar Yer tabiiy yoʻldoshiga qoʻnsa, Xitoy hukumati Oydagi hududga daʼvo qilishi mumkin, dedi NASA rahbari Bill Nelson Politico nashriga bergan intervyusida. Uning tan olishicha, ikki davlatning koinotdagi raqobati natijasida Pekin Oy yuzasidagi resurslarga eng boy hududlarni egallab oladi va AQSh missiyasini bu hududlarga kirishiga yoʻl qoʻymaydi.

"Bu haqiqat: biz kosmik poygaga kirishdik", dedi Nelson. NASA rahbarining soʻzlariga koʻra, Vashington Pekin “ilmiy tadqiqotlar niqobi ostida Oydagi hududlarni egallab olmasligi”ni taʼminlashi kerak.

“Va ular: “Chetga oʻtinglar, biz keldik, endi bu bizning hududimiz”, deyishlari mumkin”, dedi u. Nelsonning qayd etishicha, ikki davlat oʻrtasidagi fazoni tadqiq qilish sohasidagi raqobat tobora keskinlashib bormoqda. NASA rahbarining soʻzlariga koʻra, Xitoy soʻnggi yillarda bu sohada “katta qadamlar qoʻydi va sezilarli yutuqlarga erishdi”. "Ularning Oyga qoʻnish sanasi tobora yaqinlashayotgani ham haqiqat", - deya qoʻshimcha qildi Nelson.

Politico'ning qayd etishicha, Xitoyning “tajovuzkor fazo dasturi”, jumladan, yaqinda qurib bitkazilgan «Tyangun» orbital stansiyasi tobora kengayib bormoqda. Nashrning eslatishicha, Pekin avvalroq Xitoy taykonavtlarining Oyga qoʻnishiga shu oʻn yillikning oxirigacha ruxsat bergan edi. 2028 yilga kelib, Bloomberg xabariga koʻra, Xitoy Oyda bunkerli baza qurish niyatida.

Dekabr oyida Xitoy hukumati koinotda infratuzilma barpo etish va kosmik boshqaruv tizimini yaratish kabi yanada ulugʻvor loyihalar muhokama qilinayotganini maʼlum qilgandi.

Nelsonning bayonoti NASAning Artemis-1 oy missiyasi yakunlanganidan koʻp oʻtmay yangradi, unda ekipajsiz Orion kosmik kemasi Oy atrofida aylanib, Yer sathiga taxminan 130 km. masofaga yaqinlashgani va Oy atrofida uzoq retrograd orbitada olti kun boʻlgani aytilgan. NASA agentligi 2025 yilda Oyga astronavtlarni qoʻndirmoqchi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid