platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi bogʻchada bolalarga igna tiqilgani oshkor boʻldi

Voqea poytaxtdagi 122-conli maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan.

Toshkentdagi bogʻchada bolalarga igna tiqilgani oshkor boʻldi

Toshkent shahar Yangihayot tumani 122-bogʻchada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilayotgan videoxabar ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, pedagogika kolleji oʻquvchisi R.M. amaliyotini oʻtash uchun Yangihayot tumani “Oriyat” MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 11 may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.

26 may kuni shu guruh tarbiyalanuvchilarining ikki-uch nafariga uxlamagani sababli igna tiqib olingani maʼlum boʻlgan. Hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid