platina.uz
Jamiyat

Tehrondan uchgan samolyot favqulodda Toshkentga qoʻndi

Bunga samolyot bortida boʻlgan yoʻlovchining salomatligida muammo kuzatilgan.

Tehrondan uchgan samolyot favqulodda Toshkentga qoʻndi

Eronning Tehron shahridan Xitoyning Pekin shahriga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Tehron-Pekin yoʻnalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan Mahan Air aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda qoʻndi. Samolyot kecha, 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga kelib qoʻngan.

Bunga yurak xurujiga uchragan yoʻlovchi sabab boʻlgan. Yoʻlovchining sogʻligʻi yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qilgan.

Aeroportga qoʻngach, yoʻlovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid