platina.uz
Jamiyat

Samarqandda AQShga yuborishini aytib, fuqarodan 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi

U Meksika orqali AQShga joʻnatishi evaziga 30 ming dollar pul talab qilib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida qoʻlga olingan. 

Samarqandda AQShga yuborishini aytib, fuqarodan 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida fuqarolarni noqonuniy yoʻllar bilan AQShga yuborish bilan shugʻullanib kelgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 22 yoshli fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahrida yashovchi shaxs firibgarlik yoʻli bilan noqonuniy ravishda AQShga joʻnatish ishlari bilan shugʻullanishini maʼlum qilgan. U dastlab Yevropa orqali Meksikaga, u yerdan esa AQSh hududiga olib oʻtish uchun 30 ming AQSh dollari, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa oldindan 10 ming AQSh dollarini talab qilganini bildiradi.

Samarqand viloyat IIB tezkor-qidiruv xizmati jinoyat-qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazgan tadbir davomida ushbu shaxs arizachidan 10 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid