Qoʻshrabot hokimi hayfsan oldi
Hayfsanga sud qarorlari ijrosini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani sabab sifatida koʻrsatilgan.

Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov farmoyishi bilan Qoʻshrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevga hayfsan intizomiy jazosi berilgan.
Hujjatga koʻra, tuman hokimi Zarkent mahallasidagi hokim yordamchisi T.Togʻayevani ishga tiklamagan. Bu masalada fuqarolik ishlari boʻyicha Ishtixon tumanlararo sudi va Samarqand viloyati sudining qarorlari chiqqan.
Hayfsanga ham aynan shu qarorlar ijrosini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani sabab sifatida koʻrsatilgan.