platina.uz
Jamiyat

Misr kompaniyasi 1,2 mlrd. sarmoya kiritadi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va kompaniya raisi Najib Saviris bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda soʻz borgan.

Misr kompaniyasi 1,2 mlrd. sarmoya kiritadi

Misrning Orascom Investment Holding kompaniyasi Oʻzbekistonda qoʻshma “yoʻl xaritasi” doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod yirik investitsiya kiritmoqda.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 may kuni boʻlib oʻtgan kompaniya raisi Najib Saviris bilan uchrashuvda soʻz borgan.

Saviris oliy darajadagi kelishuvlar doirasida Oʻzbekistonga kelgan. Uchrashuvda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini oʻzlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha istiqbolli loyihalar muhokama qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid