platina.uz
Jamiyat

“Bo‘zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining gʻoliblari Italiyada!

“Bo‘zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining 2022 yilgi gʻoliblaridan iborat delegatsiya tajriba almashish maqsadida 19-22 may kunlari Italiyaga yuborildi. Isteʼdodli yoshlar u yerda ham oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi. 

“Bo‘zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining gʻoliblari Italiyada!

Safar davomida ishtirokchilar nafaqat boy madaniy meros bilan tanishib tajriba almashishdi, balki ular ishtirokida Italiyaning Pezaro shahrida "Oʻzbekiston madaniyati kunlari va uning doʻstlari" mavzusida Oʻzbekiston madaniy merosi loyihasi taqdimoti ham oʻtkazildi.

Taʼkidlash lozim, mazkur loyihadan maqsad adabiyot, fan, sanʼat, kommunikatsiya yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchilar, shuningdek, mualliflar, rassomlar, jurnalistlar, olimlar va musiqachilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik oʻrnatish masalasi oʻrtaga tashlandi.

Qolaversa, madaniyat va sanʼatning turli yoʻnalishlarida iqtidorli va ijodkor yoshlarning qobiliyatlarini namoyish etishdan iborat.

Tashrif davomida Italiyaning mashhur xonanda va sozandalari tomonidan mahorat darslari, oʻzbek xonanda va talabalari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Shuningdek, opera konsertlari, milliy folklor spektakllari hamda tarixiy qadamjolarga tashriflar amalga oshirildi.

"Boʻzatov yoshlar ovozi" tanlovining gʻoliblari Italiyada oʻz chiqishlari bilan ishtirok etib, oʻzbek sanʼati va madaniyatini yana bir karra dunyoga tarannum etdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid