platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonda haj mavsumi 4 iyundan boshlanadi

Maʼlum qilinishicha, 4 iyundan 19 iyunga qadar Oʻzbekiston boʻylab 10 ta aeroportdan har kuni 4 tadan reys Saudiya Arabistoniga uchadi.

Oʻzbekistonda haj mavsumi 4 iyundan boshlanadi

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekistonda haj mavsumi qachon boshlanishi boʻyicha maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 4 iyundan 19 iyunga qadar Oʻzbekiston boʻylab 10 ta aeroportdan har kuni 4 tadan reys Saudiya Arabistoniga uchadi. Oʻtgan yillarda ziyoratchilar respublikaning 7 ta hududiy aeroportlaridan kuzatilgan boʻlsa, bu yil yanada qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekistonning 10 ta hududiy aeroportlaridan — Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Fargʻona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina yoʻnalishlari boʻyicha ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika Jamoatchilik kengashi “Haj – 2023” mavsumiga tayyorgarlik ishlarini turli yoʻnalishlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, ziyoratchilarni guruhlarga ajratish, ellikboshilar biriktirish, ularning malakasini oshirish, shifokorlash ajratish, oshpazlarni jalb etish ishlari yakuniga yetkazildi. Saudiya Arabistonida dastlabki ishchi guruh mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqda, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid