JCh U-20. Oʻzbekiston yoshlar jamoasining 1/8 finaldagi raqibi maʼlum boʻldi
Ravshan Haydarov ustozligidagi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi "A" guruhida 2-oʻrinni egallab, nimchorak finalga yoʻllanma olgandi.

Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 3-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
"S" guruhida Yaponiya Isroil terma jamoasiga magʻlubiyatga uchradi. Natijada Isroil 1/8 finalda Oʻzbekistonga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur bellashuv 31 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.