platina.uz
Jahon

Eron-Afgʻoniston chegarasida toʻqnashuv sodir boʻldi

Ikki mamlakat oʻrtasidagi otishmada kamida uch kishi halok boʻlgan. Shuningdek, bir necha kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Eron-Afgʻoniston chegarasida toʻqnashuv sodir boʻldi

Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi chegara posti yaqinida otishma sodir boʻldi. Oqibatda ikki eronlik chegarachi va bir “Tolibon” jangchisi halok boʻldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Manbada aytilishicha, bir necha kishi ham jarohatlangan hodisaga nima sabab boʻlgani hozircha aniq emas. Ammo bu ikki davlat oʻrtasidagi kelishmovchilik suv huquqlari boʻyicha keskinlik sabab yuzaga kelgani aytilmoqda.

Tehron Afgʻonistondagi “Tolibon” hukumatini Hilmand daryosidan Eronning qurib qolgan sharqiy hududlariga suv oqimini cheklab, 1973 yilda tuzilgan shartnomani buzganlikda ayblagan, “Tolibon” esa ushbu ayblovni rad etgan.

“Bugun Nimroz viloyatida Eron chegara kuchlari Afgʻonistonga qarata oʻt ochdi, bu esa qarshi javob bilan kutib olindi. Hozir vaziyat nazorat ostida. Islom Amirligi oʻz qoʻshnilari bilan jang qilishni istamayapti”, degan “Tolibon” Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Nafi Takor.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid