Erdogʻan yana prezident etib saylandi
Shavkat Mirziyoyev ham Erdogʻanga qoʻngʻiroq qilib, ishonchli gʻalaba bilan tabrikladi.

Turkiyada bugun boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovining 2-turi natijalariga koʻra, amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdogʻan 54.47 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi.
Uning asosiy raqobatchisi Kamol Qilichdoroʻgʻli esa 45.53 foiz ovoz toʻpladi. Shu tariqa Erdogʻan yana prezident etib saylandi.
Shavkat Mirziyoyev ham Erdogʻanga qoʻngʻiroq qilib, ishonchli gʻalaba bilan tabrikladi.