platina.uz
Jamiyat

TATU rektori oʻziga yangi Equinox soʻrab oldi

Bildirgida 4 ta Lacetti, 1 ta Hyundai Elantra va 1 ta Malibu-2 eskirgani va shuning uchun koʻp benzin sarf qilayotgani yozilgan.

TATU rektori oʻziga yangi Equinox soʻrab oldi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamov Raqamli texnologiyalar vaziriga bildirgi yozib, oʻziga yangi Equinox sotib olib berishni soʻragan.

Bildirgida yozilishicha, universitet hisobidagi 6 ta mashina eskirgan. Jumladan, 4 ta Lacetti, 1 ta Hyundai Elantra va 1 ta Malibu-2 eskirgani va shuning uchun koʻp benzin sarf qilayotgani yozilgan.

Shu maqsadda rektor vazirdan 2 ta yangi mashina olib berishni soʻragan. Vazirlik esa hozircha 472,5 mln. soʻmlik bitta Equinox xarid qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid