platina.uz
Jamiyat

Tadbirkorlardan badal soʻrab kelgan yirik jinoiy guruh ushlandi

Bu haqda Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida roʻyxatdan oʻtgan MChJ masʼul xodimlari ichki ishlarga murojaat qilib, turli tazyiqlar boʻlganini bildirgan.

Tadbirkorlardan badal soʻrab kelgan yirik jinoiy guruh ushlandi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chet elga eksport qiluvchi tadbirkorlardan badal toʻlashni talab qilib kelgan jinoiy guruh qoʻlga olindi.

Aytilishicha, 2018 yildan beri Moskvada faoliyat yuritayotgan tashkilot vakillari eksport tariqasida yuborilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining har bir kilosidan olingan foyda hisobidan 40 sentdan badal soʻragan.

Bu haqda Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida roʻyxatdan oʻtgan MChJ masʼul xodimlari ichki ishlarga murojaat qilib, turli tazyiqlar boʻlganini bildirgan.

Ushbu guruh Rossiyaga yuborilgan jami mahsulotlardan kelib tushgan foydadan jami 15 126 dollar miqdoridagi pullarni talab qilgan.

2023 yil 23 mayda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkentdagi restoranda talab qilingan pullarni tovlamachilik qilib olgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish ochilgan va gumondorlar qoʻlga olingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid