JSST koronavirusdan emlashning zararli ekanini tan oldi
Vaksina olgan ayrim bemorlar “long-kovid”, yaʼni uzoq muddatga choʻzilgan kovidga oʻxshash simptomlarni boshdan kechirishgan.

COVID-19 ga qarshi emlash boʻyicha Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga oʻzgartirish kiritildi.
Bolalar uchun vaksina olish bekor qilindi, barcha fuqarolarga esa uch martadan ortiq vaksina olish tavsiya etilmaydi. “Media Potok” nashri shu haqda xabar bermoqda.
Vaksina olgan ayrim bemorlar “long-kovid”, yaʼni uzoq muddatga choʻzilgan kovidga oʻxshash simptomlarni boshdan kechirishgan.
Bundan tashqari, olimlar vaksiyanatsiyadan keyin asoratlar qolishini aniqlashgan. Masalan, Pol Erlax nomidagi virusologiya institutining tadqiqotchilari har 1000 doza vaksinaning 1,78, 20000 doza vaksinaning 5 ta holatida esa jiddiy va xavfli asoratlar qolishini aniqlagan.
Shunday asoratlardan biri – Giyen-Barre sindromidir (bu xastalikda insonning immun tizimi oʻz periferik nervlarini zararlashga kirishadi, shollikka olib keladi) Hatto AQSh, Germaniya va Rossiyada COVID-19 ga qarshi emlash qurbonlari uchun maxsus reyestrlar yaratilgan.
Bu holatda faqat Johnson & Johnson/Janssen va AstraZeneca vaksinalari haqida gap bormoqda. Olimlarning aytishicha, bu vaksinalar qon quyilishi, pirovardida trombozlarga olib keladi. Mutaxassislar, shuningdek, Rossiyaning “Sputnik” vaksinasi ham shunday asorat qoldirishini aniqlashgan. Chunki “Sputnik” adenovirus asosida yaratilgan.