2 nafar bolaning ham jasadi topildi
FVB va IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avvalroq 1 bolaning murdasi topilgandi.

Samarqandning Paxtachi tumanida choʻkkan ikki nafar voyaga yetmagan bolaning ham jasadi topildi.
25 may kuni 3 nafar bola Zarafshon daryosiga choʻmilish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida choʻkib ketishgandi.
FVB va IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 bolaning murdasi topilgan.
Marhumlarning oʻlimi boʻyicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.




